600 mingdan ortiq kishi Facebook orqali Nevadadagi "51-hudud" harbiy bazasini ishg‘ol qilish istagini bildirdi, ushbu tadbir ishtirokchilarining maqsadi go‘yoki u yerda saqlanayotgan o‘zga sayyoraliklarni ko‘rishdir.
Tadbir tashkilotchilarining aytishlaricha, qatnashchilar Alien Center turistik markazida to‘planishadi. Hozirga qadar 600 mingdan ortiq kishi tadbirda qatnashish istagini bildirgan bo‘lib, u 20 sentyabrda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Jamoatchilikning fikricha, AQShning Nevada shtatida joylashgan "51-hudud" harbiy bazasida o‘zga sayyoraliklar jasadi saqlanadi. Ushbu baza nima maqsadda tashkil etilganligi aniq emas, AQSh hukumati uning mavjudligini 2013 yildagina tan olgan.