12:50 / 13.07.2019
28747

Davlat bojxona qo‘mitasi 1 oktyabrdan qanday o‘zgarishlar yuz berishini ma'lum qildi

Foto: Norma.uz

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining PF-5755 va PF-5721 sonli farmonlari bilan amaldagi tartiblarga bojxona sohasiga oid o‘zgartirishlar kiritildi, deb xabar bermoqda "Toshkent-AERO" IBK axborot xizmati.

Qayd etilishicha, bu mamlakatning investitsiyaviy muhitini yanada yaxshilash, adolatli raqobat tamoyillarini joriy etishni ta'minlash hamda soliqlar va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berish amaliyotini tartibga solish, sifatli va raqobatbardosh zargarlik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish, tarmoqqa chet el investitsiyalarini faol jalb etish, raqobatbardosh va sifatli zargarlik buyumlarini tayyorlashda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek respublika zargarlik tarmog‘ini jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida qilindi.

Xususan, 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab:

b) tovarlarni import qiluvchi tadbirkorlik sub'yektlari, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotishdan tushum miqdoridan qat'i nazar, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari hisoblanadilar. Bunda tovarlarni birinchi marta import qiluvchi tadbirkorlik sub'yektlari import shartnomasi tuzilgan oydan keyingi oyning 1 sanasidan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida hisobga turishi shart;

v) quyidagilar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i va import qilingandagi imtiyozlar bekor qilinadi:

asbest, ko‘mir, yog‘och materiallari, yog‘och va undan tayyorlangan buyumlar, uglevodorod xomashyosi;

soya danagi, kungaboqar va kunjut urug‘lari, moyli xomashyo va shakar xomashyosi;

qishloq xo‘jaligi texnikasi, avtotransport vositalari, avtotransport vositalarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan butlovchi buyumlar, materiallar va texnologik asbob-uskunalar;

Tadbirkorlik sub'yektlariga nisbatan asbob-uskunalar va (yoki) butlovchi buyumlar yetkazib berish bo‘yicha import shartnomalari yuzasidan muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun, agarda asbob-uskunalar va (yoki) butlovchi buyumlarni yetkazib berish muddati ularning texnik xususiyatlari va o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda 180 kundan ortiq bo‘lsa, moliyaviy jazo choralari qo‘llanilmaydi.

Jismoniy shaxslarga qiymati 5 000 AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan tayyor zargarlik buyumlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirgan holda O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqishga ruxsat beriladi.

2022 yilning 1 iyuliga qadar:

belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlari bundan mustasno) ozod qilinadi.

Top