22:39 / 13.07.2019
5140

«Napoli» Manolas transferini e'lon qildi

«Napoli» klubi himoyachi Kostas Manolas transferini e'lon qildi.

28 yoshli gretsiyalik neapolliklar bilan 2024 yil yozigacha mo‘ljallangan shartnomani imzoladi. «Napoli» uning transferi uchun «Roma»ga 36 million yevro to‘ladi.

Manolas 2014 yildan beri «Roma» sharafini himoya qilib kelayotgandi. U rimliklar safida jami 156ta o‘yinda maydonga tushib 5ta gol urgan.

Mavzuga oid
Top