15:20 / 13.07.2019
10222

IIV: «Matiz» avtomashinasi MAN’ga borib urilishi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi

Foto: Vse42.ru

2019 yil 13 iyul kuni soat 03.30larda Toshkent shahrining Mirobod tumani Qo‘yliq ota ko‘chasida yashagan 35 yoshli T.N. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashinasini Yangi Yunusobod ko‘chasida haydab ketayotib, yo‘lning o‘ng chetida to‘xtab turgan “MAN” rusumli yuk avtomashinasining orqa qismiga urilib, to‘qnashuv sodir etgan. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, natijada “Matiz” avtomashinasi haydovchisi T.N. va uning yo‘lovchisi, Yunusobod tumani 18-dahada yashagan 32 yoshli J.Z. jarohat olib, voqea joyida vafot etganlar. 

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.

Top