15:15 / 13.07.2019
23087

Yuridik universitetga o‘qishga kiritib qo‘yishini aytib, 30 000 dollar olgan ayol ushlandi

2019 yil 12 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentidan hujjatlar to‘plami tushgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Ularga ko‘ra, 25 iyun kuni Yunusobod tumani Shahriston ko‘chasida yashovchi, muqaddam sudlangan 54 yoshli X.A. ismli ayol 30 000 AQSh dollari evaziga 44 yoshli M.G. ismli ayolning o‘g‘lini Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish maqsadida M.G.dan Yakkasaroy tumani Sh.Rustaveli ko‘chasida kelishilgan pulning hammasini olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top