22:13 / 18.07.2019
17391

Samarqandda anomal issiqlik sababli daryolarning qirg‘oqlari mustahkamlanmoqda

Samarqand viloyatida anomal issiqlik sababli daryolarning qirg‘oqlari mustahkamlanmoqda, deb xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Xabarda ta'kidlanishicha, shu kunlar Markaziy Osiyo hududida kuzatilayotgan yuqori darajadagi harorat sababli Tojikiston va Qirg‘iziston tog‘laridagi muzliklar katta miqdorda erishi mumkin. Ushbu omil esa Zarafshon, Qoradaryo va Oqdaryo daryolarida suv sathining ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin.

Suv toshishi oldini olish maqsadida daryolar qirg‘oqlari mustahkamlanmoqda, qo‘shimcha himoya inshootlari qurilmoqda.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Ushbu ishlarda Favqulodda vaziyatlar vazirligi otryadlari va boshqa tuzilmalar vakillari ishtirok etmoqda. Jarayonga 60 ga yaqin maxsus texnika va 184 kishi jalb qilingan. 

Top