18:22 / 21.07.2019
12448

O‘zbekiston milliy jamoasi libosi dizayni bo‘yicha tanlov e'lon qilindi

Foto: O‘FA

O‘zbekiston milliy jamoasining ekipirovkasi o‘zgarishi kutilmoqda. O‘FA milliy jamoa libosi dizayni yuzasidan tanlov e'lon qildi.

Tashkilotning bildirishicha, istalgan muxlis yangi forma dizaynini yaratib, uni assotsiatsiya elektron pochtasiga yuborishi mumkin.

Eng yaxshi deb topilgan ishlar maxsus sovrinlar bilan taqdirlanadi. Xususan, mutaxassislar tomonidan ma'qul topilgan uchta eng yaxshi dizayn uchun mualliflarning har biriga milliy jamoa yulduzlarining dastxatlari tushirilgan original futbol to‘plari sovg‘a qilinadi.

«O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon miqyosidagi musobaqalarda yurtimiz futbolining yuzi hisoblanadi. Shuningdek, terma jamoani – xalq jamoasi ham deyishadi. Shunday ekan, terma jamoamiz faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday jarayonlardan xalqimiz xabardor bo‘lishi, imkon qadar ishtirok etishi zarur deb bilamiz», – deb ta'kidlangan e'lon matnida.

Top