16:02 / 08.08.2019
38200

Qo‘y-Toshda militsiya va Atamboyev tarafdorlari o‘rtasida to‘qnashuv boshlandi

Foto: Sputnik

Qo‘y-tosh qishlog‘ida militsiya xodimlari va sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev tarafdorlari o‘rtasida to‘qnashuv boshlandi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, to‘qnashuv 200ga yaqin militsiya xodimlari va 400ga yaqin Atamboyev tarafdorlari o‘rtasida bo‘lib o‘tmoqda. Militsiya xodimlariga Molotov kokteyllari va toshlar uloqtirilmoqda. Huquqni muhofaza qilish xodimlari yorug‘lik-shovqin granatalaridan foydalana boshlashganidan so‘ng Atamboyevning tarafdorlari ortga chekingan.

Avvalroq Almazbek Atamboyevning uyi joylashgan Qo‘y-Tosh qishlog‘i tomon ichida militsiya xodimlari bo‘lgan avtobuslar kolonnasi yo‘l olganligi xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top