13:55 / 09.08.2019
7001

Bekobod dehqon bozori hududidagi savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘ldi

2019 yilning 9 avgust kuni soat 04:55da Toshkent viloyati FVB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi Kuch va vositalarni boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga Bekobod shahar, O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan «Bekobod dehqon bozori» MChJ hududidagi savdo do‘konlarida yong‘in bo‘layotganligi haqida xabar tushgan.

Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV hamkorlik qilish bo‘linmasi xabarida aytilishicha, ko‘rsatilgan manzilga soat 04:56da Toshkent viloyati garnizonidan jami 4 ta yong‘in o‘chirish avtoekipajlari yo‘naltirilgan. Birinchi yong‘in o‘chirish bo‘linmalari voqea joyiga soat 05:00da yetib borgan vaqtida, savdo do‘konlari ochiq alanga bilan yonayotganligi aniqlangan. 

Yong‘in o‘chirish bo‘linmalari tomonidan ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 05:07da qurshab olinib, soat 05:25da to‘liq bartaraf etilgan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. 

Yong‘in oqibatida, «Bekobod dehqon bozori» MChJ hududidagi oziq-ovqat pavilonidagi 22 ta savdo do‘konlaridan 6 tasining shifti, tom qismi hamda ichki jihozlari jami 60 kv. metr maydonda yonib zararlangan. Yong‘indan 768 kv. metr maydonda 16 ta savdo do‘konlari saqlab qolingan. 

Yong‘inning sababi do‘konlarning elektr tizimida yuzaga kelgan avariya holatidan, deb taxmin qilinmoqda. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mavzuga oid
Top