11:07 / 11.08.2019
9542

O‘zbekistonlik razvedkachilar “ArMI – 2019” musobaqasining uchinchi bosqichidan so‘ng yetakchilar safida bormoqda

Hindistonning Rajastxon shtati Jaysalmer shahri yaqinidagi dala-o‘quv maydonida bo‘lib o‘tayotgan “Qo‘shin razvedkasi a'lochilari – 2019” musobaqasining dastlabki uchta bosqichi – “Suqulib kirish va pistirma”, “Mexanik-haydovchilar musobaqasi”, “Razvedkachi so‘qmog‘i”ning kompleks to‘siqlarini yengib o‘tish” bo‘yicha bahslari bo‘lib o‘tdi.

Ta'kidlash lozimki, uchinchi bosqichdan so‘ng O‘zbekistonlik razvedkachilar yuqori o‘rinlardan birini egallab turibdi.

O‘zbekistonlik razvedkachilar jamoasi rahbari podpolkovnik Vyacheslav Lakotaning ta'kidlashicha, Hindiston tomoni ushbu bosqich uchun 3 km dan ortiqroq masofada maxsus qiyin to‘siqlar yo‘lagini tayyorlagan. Jumladan, 1,3 kilometrli birinchi aylanani razvedkachilar to‘la jangovar ekipirovkada tezlik bilan yugurib o‘tishdi, keyingi aylanada esa 22 ta to‘siqlar yengib o‘tildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Shuningdek, ular o‘tgan yillarda musobaqa bo‘lib o‘tgan Novosibirsk shahridagi dala-o‘quv maydonida mavjud bo‘lmagan – panjara (kechuv), qo‘l zinasi, “W” shaklidagi devor, zinali baland sim yog‘och, osma ko‘prik, balansirli orol bunker kabi to‘siqlardan o‘tib, tashlandiq uyda qidiruv vazifasini bajarishgan.

– Jamoa yuqori ko‘rsatkichlarga harbiy xizmatchilarning professionalligi, bilim va ko‘nikmalarining yuksak darajada ekanligi, shuningdek, jamoadagi o‘zaro hamjihatlik va jipslik, g‘alaba qozonishga bo‘lgan ishtiyoq tufayli erishmoqda”, – deydi  podpolkovnik Vyacheslav Lakota.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilgi Xalqaro armiya o‘yinlari doirasidagi “Qo‘shin razvedkasi a'lochilari” musobaqasida O‘zbekistonlik razvedkachilar faxrli 3-o‘rinni (Rossiya Federatsiyasi va Xitoydan keyin) egallashgan edi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Top