08:16 / 13.08.2019
26447

Iroqda “yilning eng yaxshi maxsus jangchisi” halok bo‘ldi

Foto: AP

AQSh dengiz piyoda qo‘shinlari korpusi harbiysi Skott Koppenxafer Iroqda halok bo‘ldi. Bu haqda Marine Corps Times nashri xabar berdi. 

35 yoshli komendor-serjant 10 avgustda “Sabotli qat'iyat” operatsiyasi doirasida topshiriqni bajarish vaqtida IShID jangarisi o‘qidan halok bo‘lgan.

Koppenxafer maxsus topshiriqlarni bajaruvchi nufuzli otryadga o‘tkazilgunga qadar pulemyotchi va snayper bo‘lib xizmat qilgan. U 2018 yilda Iroq shimolida IShIDning tor-mor qilinishida ko‘mak ko‘rsatgan iroqlik maxsus kuchlarni boshqargani uchun “Dengiz piyoda qo‘shinlarining eng yaxshi maxsus jangchisi” (USMC Critical Skills Operator) deb topilgan. 

7 avgustda Pentagon Donald Tramp tomonidan tor-mor qilingani e'lon qilingan IShIDning Suriya va Iroqda yana ta'siri kuchayayotganini rasman tan olgan.

Mavzuga oid
Top