13:47 / 14.08.2019
6864

«Mo‘ynoq akva sanoat» ma'muriy binosida yong‘in sodir bo‘ldi

Foto: FVV matbuot xizmati

2019 yilning 13 avgust kuni soat 19:20da Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumani Ubbeniyazov ko‘chasida joylashgan “Mo‘ynoq akva sanoat” DUK ma'muriy binosida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

FVV ma'lumotida aytilishicha, voqea joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Bo‘linmalar chaqirilgan manzilga soat 19:25da yetib borib, ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 19:35da qurshab olinib, soat 19:55da bartaraf etilgan. 

Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘indan binoning 146 kv. metr maydoni saqlab qolingan. Yong‘in oqibatida binoning 70 kv. metr maydonda tom qismi yonib zararlangan. 

Hodisaning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mavzuga oid
Top