11:15 / 15.08.2019
15347

Qo‘ng‘irotda universitet filiali tashkil qilinishi mumkin

Foto: Qoraqalpoq davlat universiteti

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining Qo‘ng‘irot filialini tashkil qilish haqida petitsiya e'lon qilindi.

Murojaatda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot va Mo‘ynoq tumanlari yoshlarining oliy ta'lim olishiga keng imkoniyat yaratish va malakali kadrlar tayyorlash maqsadida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining Qo‘ng‘irot filialini tashkil etish taklif qilingan.

Qayd etilishicha, filialning tashkil etilishi ushbu ikki tuman bilan birgalikda, Shumanay va Qonliko‘l tumanlari yoshlarining ham oliy ta'lim olishiga qulay imkoniyatlar yaratadi.

“Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining Qo‘ng‘irot filialini tashkil etishni taklif qilaman”, - deb yozadi petitsiya muallifi.

Mavzuga oid
Top