Koronavirus bu – respirator virus, u Covid-19 kasalligini keltirib chiqaradi.
Viruslar aksirish yoki yo‘talish paytida havoga chiqariladigan juda mayda tupuk tomchilari orqali yuqadi. Bundan tashqari, koronavirusni qattiq yuza – masalan eshik tutqichi yuqtirishdan mumkin.
Isitma, lanjlik va quruq yo‘tal. Yana ba’zan burun bitishi, tumov, mushak og‘riqlari, tomoq og‘rig‘i va ich surishi.
Koronavirus alomatlarini sezgan fuqaro xonadonidan chiqmasdan tez tibbiy yordam yoki poliklinika shifokoriga murojaat qiladi. Bundan tashqari, Sog‘liqni saqlash vazirligining 1003 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berish kerak.
Yosh — koronavirus kasalligi keltirib chiqaradigan o‘limga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillardan biri. Bu virus ilk bora aniqlangan Xitoyda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki odam qanchalik keksa yoshda bo‘lsa, uning uchun koronavirus shunchalik xavfli bo‘ladi.
O‘zbekistonda karantin bo‘yicha amaldagi qonunchilik talablarini buzgan, o‘zida karantin alomatlarini sezsa-da, buni yashirgan, aksincha, ko‘cha-ko‘yda yurib, koronavirusni boshqalarga ham qasddan yuqtirgan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Homilador ayollarning koronavirusga chalinish ehtimoli ko‘proq ekani yoki infektsiya asoratlariga ko‘proq moyil ekani haqida aniq tasdiqlangan ilmiy-tadqiqotlar xulosasi yo‘q.
Yo‘q, ishlatilgan niqoblarni qayta ishlatish yoki ishlatilgandan keyin dezinfektsiyalab, yana ishlatish mumkin emas.
so‘nggi yangiliklar