23:18 / 01.05.2015
6162

“Oltin qalam” X Milliy mukofoti sovrindorlari taqdirlandi

oltinqalam

Kun.uz: “Turkiston” saroyida 1 may kuni “Oltin qalam” X Milliy mukofotining g‘olib va sovrindorlarini taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

3 may – Jahon matbuoti erkinligi kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan ushbu tadbirda senatorlar, deputatlar, turli vazirlik va idoralar, ijodiy va jamoat tashkilotlari vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, oliy o‘quv yurtlarining jurnalistika fakulteti professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar ishtirok etdi. O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi I.Halimbekov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, aholining mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi faolligini yanada kuchaytirishning muhim vositasi sifatida milliy jurnalistikani izchil isloh etish, fuqarolarning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini to‘la ta'minlashga ustuvor ahamiyat qaratilayotganini ta'kidladi.
Ijodiy bellashuvning televideniye, radio, matbuot va internet-jurnalistika yo‘nalishlari bo‘yicha g‘oliblariga diplom, "Oltin qalam" ko‘krak nishoni, statuetkasi hamda pul mukofotlari topshirildi. O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, "Istiqbolli avlod" ijtimoiy axborot markazining ham mukofotlari topshirildi.
Top