19:35 / 01.05.2015
1744

AQShlik politsiyachilar umumiy qiymati 20 mln dollar bo‘lgan kameralar bilan ta'minlanadi

44809

Kun.uz: AQSh prezidenti Barak Obama ma'muriyati politsiya bo‘limlariga politsiyachilar uchun kiyimda olib yuriladigan kameralar sotib olish uchun 20 mln dollar ajratadi, deb AQSh Adliya vazirligiga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Bu pullar huquqni muhofaza qilish muassasalari xodimlarini kameralar bilan ta'minlashga mo‘ljallangan uch yillik dastur doirasida taqdim qilinmoqda. Bu dastur doirasida ushbu maqsadlar uchun hammasi bo‘lib 75 mln dollar ajratilishi rejalashtirilgan.

Politsiyachilarni kameralar bilan ta'minlash zarurati politsiyachilar tomonidan qurolga ega bo‘lmagan qora tanli fuqarolarning otib tashlanishi bilan bog‘liq bir qator hodisalar ro‘y bergani sababli paydo bo‘ldi.

Bunday hodisalardan oxirgisi Merilend shtatining Baltimor shahrida sodir bo‘ldi. Qora tanli Freddi Grey politsiya tomonidan hibsga olingandan keyin, gavdasining orqa qismidan olgan jarohati tufayli bir haftadan keyin vafot etgan. Buning oqibatida Baltimorda ommaviy tartibsizliklar boshlangan.

Top