15:10 / 01.05.2015
6036

Baskov Kirkorovni 48 yoshi bilan hazilomuz tarzda tabrikladi

g_58f27821ee02f39482c5223daf98b194_6_700x600 Kun.uz: 30 aprelda Rossiya pop-estradasining qiroli Filipp Kirkorov o‘zining 48 yoshini nishonladi. Bu kunda artistning sharafiga uning yaqinlari va hamkasblari tomonidan ko‘plab iliq so‘zlar bildirildi. Tina Kandelaki, Ani Lorak, Alsu, Yana Rudkovskaya, Sergey Lazarev kabi yulduzlar o‘zlarining mikrobloglarida qo‘shiqchiga salomatlik, baxt va yangi ijodiy cho‘qqilarni tilashdi. Nikolay Baskov ham Kirkorovni antiqa usulda tabrikladi. U Instagram'dagi mikroblogida Kirkorov bilan birgalikda tushgan qiziq bir suratini chop etib, uning ostiga quyidagicha hazilomuz tabrik so‘zini yozib qoldirdi: “Hurmatli Pop-qirol, seni chin qalbimdan tabriklayman!!! Senga baxt, muhabbat va barcha ijodiy rejalaring amalga oshishini tilab qolaman! Sening farzandlaring seni xursand qilib yursinlar, muxlislar esa doimo sening ijodingga va sening ulug‘ iste'dodingga ulkan muhabbatlarida seni cho‘mdirib yursinlar. Hurmat bilan pop-estrada Imperatori va sening muxlising!” Nikolayning muxlislari uning bu hazilini “Imperator ajoyib yumorga ega”, “Nikolay, Nikolay! A'lo darajadagi tabrik”, “Siz qanday quvnoqsiz” deya yuqori baholadilar. Darvoqe, Filipp Kirkorov o‘zining tug‘ilgan kuni arafasida jurnalistlarni shahar tashqarisidagi uyiga taklif qilib, u yerda ularni o‘zining farzandlari – qizi Alla-Viktoriya va o‘g‘li Martin bilan tanishtirdi. xab-
Top