17:02 / 01.05.2015
2193

Bentley BMW X6 hajmidagi krossover ishlab chiqarmoqchi

Screenshot_3 Kun.uz: Bentley kompaniyasi rahbariyati hajmi va konsepsiyasiga ko‘ra BMW X6 mashinasiga yaqin Bentayga oilasiga mansub krossover yaratish g‘oyasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda kompaniya bosh muhandisi Rolf Frech Autocar nashriga ma'lum qildi. Yangi mashina haqida hech qanday tafsilotlar oshkor qilinmagan. Krossover Continental GT oilasi mashinalari bilan bitta platmormada yuzaga kelishi mumkin. Ikkala yangilikning asosini Volkwagen’ning MSB modul shassisi tashkil etadi. Bentley tarixidagi birinchi yo‘ltanlamaslar silsilasi 2016 yilda keng jamoatchilikka taqdim etiladi. Yangi Bentayga W12 tvin-turbo agregati bilan ta'minlanadi, bu unga o‘z segmentining eng tez vakiliga aylanish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, kuch qurilmasi tarkibiga 8 litrli benzin dvigateli va gibrid motor kiradi. Keyinchalik mashinaning dizelli modifikatsiyasi yaratilishi mumkinligi aytilmoqda. Kompaniya yiliga 3 ming dona yangi rusumdagi yo‘ltanlamas sotishni rejalashtirmoqda. Mashina narxi 190 ming dollarni tashkil etishi kutilmoqda. Kompaniya rasmiylarining ma'lum qilishicha, Bentayga uchun allaqachon 4 ming buyurtma qabul qilib olingan. xab-2
Top