10:41 / 01.05.2015
1689

BMT Eronni 2009 yildan buyon husiychilarga qurol-yarog‘ yetkazib berishda ayblamoqda

1008908470 Kun.uz: BMTning maxsus ekspertlar kollegiyasi Eron Yamanning isyonchi husiychilar guruhiga 2009 yildan buyon qurol-yarog‘ yetkazib kelganini aniqladi. Agence France-Presse agentligining ma'lum qilishicha, bu haqdagi hisobot guruh ekspertlari tomonidan BMT Xavfsizlik Kengashining Eronga qarshi sanksiyalar bo‘yicha qo‘mitasiga topshirilgan. Ta'kidlanishicha, ekspertlar 2013 yilda Yamanda ushlab qolingan Eronning Jihan kemasi ishi bo‘yicha surishtiruv va tekshiruv ishlarini olib borgan. To‘plangan axborot tahlili natijasida bu voqea xusiylarga qurol-yarog‘ yetkazib berilishi bilan bog‘liligi haqida fikrga kelingan. Ilgariroq Oq Uyning rasmiy vakili Josh Ernest Yamandagi isyonchilar Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani va balki qurol-yarog‘ olib turganligi taxmin qilinayotgan bo‘lsa-da, bu nuqtai nazarni isbotlaydigan dalillar yo‘qligini ta'kidlab o‘tgan edi. xab-4
Top