22:16 / 01.05.2015
1986

Devid Bekxem o‘zining tug‘ilgan kunini Marokashdagi serhasham villada nishonlaydi

340047

Kun.uz: Futbol bo‘yicha Angliya terma jamoasining sobiq sardori Devid Bekxem o‘zining 40 yillik tavallud ayyomini Marokashdagi serhasham villada nishonlaydi, deb xabar bermoqda SkyNews telekanali.

Yarimhimoyachining yubileyiga uning oilasining yaqin do‘sti hisoblangan mashhur aktyor Tom Kruz tashrif buyurishi kutilmoqda.

Aynan shu villada 2014 yilda Devid rafiqasi, Spice Girls guruhining sobiq ijrochisi Viktoriya Bekxem bilan turmush qurganlarining 15 yilligini nishonlagan edi. Bu juftlik 1999 yilning 4 iyulida turmush qurgan. Ularning Bruklin Jozef, Romeo Jyeyms, Kruz Devid ismli 3 nafar o‘g‘il va Xarper Seven ismli qiz farzandlari bor.

Top