19:21 / 01.05.2015
3683

Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Qozog‘istondagi turnirda 6ta medalni qo‘lga kiritdi

Fabrika FormatovIMG_3052 - kopiya Kun.uz: Janubiy-Qozog‘iston viloyati markazida erkin kurash bo‘yicha Hojimuqon Munaytpasov xotirasiga bag‘ishlangan an'anaviy xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi. Musobaqada o‘smirlar va o‘smir qizlar o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi vakillari 1ta oltin, 3ta kumush va 2ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Oltin medalga qizlar o‘rtasida 52 kg. vaznda qatnashgan xorazmlik Nodira Sobirova ega chiqdi. Kumush medallarni yana ikki nafar xorazmlik qizlar Asalxon Sobirova (49 kg), Firuza Ro‘zibayeva (46 kg) va nukuslik Baxtigul Boltaniyozova (65 kg)lar qo‘lga kiritishdi. Terma jamoa hisobiga bronza medallarini esa Aktenge Keunimjayeva (46 kg, Nukus) va Gulshan Asatova (60 kg, Navoiy) taqdim etishdi. Rossiya, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘istondan kelgan 500dan ortiq kurashchilar ishtirok etgan mazkur turnir 9-14 iyun kunlari Hindiston mezbonlik qiladigan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati oldidan so‘nggi tayyorgarlik bosqichini o‘tab berdi, deb yoziladi xabarda. xab-
Top