09:03 / 01.05.2015
2097

Yevropa Ittifoqi O‘zbekistondagi alohida ehtiyojli bolalar uchun resurs markazlarini ishga tushirdi

Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston © uzdaily.uz Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 324-maktabda 30 aprel kuni “O‘zbekistondagi alohida ehtiyojli bolalar uchun inklyuziv ta'lim” resurs markazi ishga tushdi. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligidan ma'lum qilishlaricha, loyiha Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilmoqda. Bungacha xuddi shunday resurs markazlari 2015 yilning fevral oyi davomida O‘zbekistonning beshta hududi – Urganch, Termiz, Namangan va Samarqandda ochilgan edi. Ushbu resurs markazlari O‘zbekistonning turli hududlarida istiqomat qilayotgan va alohida ehtiyojga ega bolalarga inklyuziv ta'lim berish bo‘yicha “yagona oyna markazlari” vazifasini o‘taydi. Qayd etishlaricha, resurs markazlari interaktiv doskalar, shaxsiy kompyuterlar, yiriklashtirgich va boshqa shu kabi, alohida ehtiyojli bolalarga ta'lim olishda yordam beradigan uskuna va buyumlar bilan ta'minlangan, ularning barchasi Yevropa Ittifoqining loyihasi doirasida sotib olingan.
Top