17:57 / 01.05.2015
1956

Keyt Middlton va shahzoda Uilyam o‘z to‘ylarining 4 yilligini nishonlashdi

princekate-12122010-post Kun.uz: Buyuk Britaniya qirollik taxti vorisi shahzoda Uilyamning ikkinchi farzandiga homilador rafiqasi Keyt Middltonning ko‘zi yorishiga sanoqli kunlar qolmoqda. Tug‘ruqqa bir necha kun qolganda malika zerikishga aslo vaqt topolmayapti. 29 aprelda Keyt va Uilyam to‘ylarining 4 yilligini nishonlashdi. 2011 yilning aynan shu kunida ularning nikoh marosimi bo‘lib o‘tgan edi. Buyuk Britaniyaning eng sevimli juftligi bu sanani kamtarona, oila davrasida kutib olishga qaror qildi. Bu munosabat bilan Bukingem saroyida ham oilaviy tantana bo‘lib o‘tdi. Shu kuni ertalab malika Middlton o‘g‘li Jorjni saroyga olib bordi. Keyinroq esa saroyga Uilyamning o‘zi ham yetib keldi. Keyt homiladorligining birinchi oylari biroz xavotirli o‘tdi, biroq keyinroq hammasi o‘z iziga tushib ketdi. Hozirda malika Londonning Avliyo Mariya shifoxonasining Lindo Wing xususiy klinikasidan ikki mildan kamroq masofada joylashgan Keyt Kensington saroyida yashamoqda. Bu klinikada juftlikning birinchi farzandi Jorj dunyoga kelgan. Bir necha hafta oldin shifoxonaning chap qismida mashinalar to‘xtashi taqiqlab qo‘yildi hamda telekameralar va fotosuratchilar uchun joylar taqsimlanib, chiziqlar tortib chiqildi. Shuningdek, OAV vakillari uchun maxsus to‘siqlar o‘rnatildi. Yana ikkita britan shifoxonasi – Redingdagi Royal Berkshire va Kings-Linndagi Queen Elizabeth shifoxonalari chaqaloqni qabul qilish uchun to‘liq tayyorgarlik holatiga keltirildi. xab-4
Top