13:04 / 01.05.2015
1794

Milanda EKSPO-2015 xalqaro ko‘rgazmasi ochildi

[caption id="attachment_56794" align="alignnone" width="468"]Expo Milano 2015 © sfp2015.org Expo Milano 2015 © sfp2015.org[/caption] Bugun Italiyaning Milan shahrida EKSPO-2015 Xalqaro universal ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yirik xalqaro tadbirda 144 mamlakat, o‘nlab xalqaro va nodavlat tashkilotlar vakillari ishtirok etadi. EKSPO-2015 “Sayyorani ta'minlash. Hayot quvvati” shiori ostida o‘tadi. U oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini rivojlantirish, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslarni tejash masalalariga bag‘ishlanadi. Bundan tashqari, ko‘rgazmaning alohida pavilonlari milliy oshxonalar, ovqatlar va qishloq xo‘jaligi tarixi, oziq-ovqat ishlab chiqarish sohasidagi innovatsiyalar va bioxilma-xillikni asrash masalalariga bag‘ishlanadi. Tadbirning bosh direktori Pero Gallining TASS muxbiriga ma'lum qilishicha, ekspozitsiya nafaqat fan va texnika yutuqlarini namoyish etish, balki qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoatining barqaror taraqqiyotini ta'minlash strategiyasini ishlab chiqishga qaratilgan.
Top