16:08 / 01.05.2015
1956

Samarqandda birinchi bor favvoralar sayli o‘tkazilmoqda

1

Kun.uz: 1 may kuni Samarqand viloyatida madaniyat va sport ishlari, sog‘liqni saqlash boshqarmalari hamda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harak ati tashabbusi bilan birinchi bor Favvoralar sayli bayrami o‘tkazilmoqda, deb xabar berdi Gazeta.uz. Bugun Toshkent va Samarqand shaharlarida “Favvoralar sayli” bayrami doirasida ommaviy-madaniy tadbirlar o‘tkazilishini ma'lum qilgan. Bayram tadbirlari Samarqand viloyatidagi Payariq, Chelak, Urgut, Nurobod va Juma shaharlarida ham o‘tkazilmoqda.

3 Dasturning birinchi qismi 10:00dan 14:00ga qadar davom etdi; tadbirlar soat 17:00-20:00 orasida davom ettiriladi.

Iu6zWb14304739045659_b Asosiy bayram tadbirlaridan biri Samarqand shahridagi Universitet xiyobonida bo‘lib o‘tdi. Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Davlat universiteti jamoasi tomonidan tashkil etilgan bayram doirasida turli sport musobaqalari va konsertlar o‘tkazildi.

Top