20:02 / 01.05.2015
2359

Toshkent – Chorvoq trassasida Cobalt rusumli avtomashina jiddiy to‘qnashuvga uchradi

Screenshot_1 kun.uz: Toshkent viloyatining tog‘li hududi bo‘lgan Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi avtomagistralda Cobalt rusumli avtomashina jiddiy to‘qnashuvga uchradi. Bu haqda suratlar Feysbukdagi “Voditeli Tashkenta” guruhida joylashtirildi. Voqeadan xabardorlarning ma'lum qilishicha, avariya natijasida hech kim, jumladan haydovchi ham tirik holda chiqishgan. Suratlarda ko‘rinishicha, Kobaltga juda jiddiy ziyon yetgan, guruh foydalanuvchilari buni mazkur rusumdagi mashina metallining juda yumshoqligi va “Lasetti” kabi pishiq ishlanmagani bilan izohlagan. Screenshot_6 Screenshot_3 xab-1
Top