10:16 / 01.05.2015
3266

Tojikistonda soqol qo‘yish va xijob kiyishga soxta ruxsatnoma sotayotgan qalloblar qidirilmoqda

Fabrika Formatov111092-INNERRESIZED600-600-9003 Kun.uz: Tojikistonda soqol qo‘yish va xijob kiyishga soxta ruxsatnoma sotayotgan qalloblar qidirilmoqda. Bu haqda mamlakat diniy qo‘mitasi vakiliga asoslangan holda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda. “Noma'lum shaxslar 250 somoni (39 dollar) evaziga ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarga soqol qo‘yish va xijob kiyishga soxta ruxsatnoma sotmoqda. Hujjat gerbli muhr va imzoga ega”, - deyiladi xabarnomada. Ta'kidlanishicha, Tojikiston hukumati “noan'anaviy” kiyimlarning tarqalishiga qarshi kurashmoqda. Bundan tashqari, ayrim hollarda militsiya xodimlari fuqarolarning soqollarini majburlab oldirishi hollari kuzatilgan. xab-2
Top