07:44 / 01.05.2015
1928

"Trabzonspor" Dannini Turkiyaga olib kelmoqchi

Kun.uz: Turkiyaning "Trabzonspor" jamoasi Rossiyaning "Zenit" jamoasi futbolchisi, portugaliyalik Danni bilan muzokaralar boshlagan. Bu haqda turkiyaning HaberTurk nashri xabar bergan. 814292243 Nashrda xabar qilinishicha, turk jamoasining menejyeri Sexat Altinji Sankt-Peterburg shahriga borgan va 31 yoshli futbolchining Turkiyaga kelishi bo‘yicha uning agenti bilan gaplashgan. Ma'lumot uchun, Danni "Zenit" bilan 2015 yilning 30 iyun kuniga qadar shartnoma imzolagan va bu shartnomani uzaytirmagan. Migel Danni "Zenit" safiga 2008 yilning yozida Moskvaning "Dinamo" jamoasidan o‘tgandi. Joriy mavsumda jamoa sardori sifatida u 24 o‘yinda maydonga tushgan hamda 3ta gol urib, 7ta golli uzatma muallifi bo‘lgan. xab-
Top