8249.97 USD +13.10

9392.59 EUR +1.73

124.67 RUB -0.52

10700.2 GBP +131.48

10:22 / 01.05.2015 1001

Turkmanistonda harbiy taktik mashg‘ulotlar o‘tkazildi

30-11 Kun.uz: Turkmaniston Mudofaa vazirligining “Kelata” o‘quv markazi hududida “Vatan gerchegi” nomi ostida harbiy taktik mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Turkmaniston Davlat axborot agentligining ma'lum qilishicha, mashg‘ulotlarda mamlakat Harbiy havo va havoga qarshi mudofaa kuchlari ishtirok etgan. Shuningdek, o‘quvlar chog‘ida raketa va artilleriya qo‘shinlari ham yuqori tayyorgarlikni namoyish etib bera olgan. Jang mashg‘ulotlarida, bundan tashqari, tanklar va piyodalarning jangovar mashinalari ishtirok etgan. Xabarnomada keltirilishicha, mashg‘ulotlarga muhandislik qo‘shinlari, davlat chegara xizmati, harbiy havo kuchlari va desantchi guruhlar ham jalb qilingan. xab-4

Teglar

Top