12:18 / 01.05.2015
3822

Zomindagi ikki ming yillik tut daraxti haqida maqola chop etildi

[caption id="attachment_89384" align="alignleft" width="250"]1430390034_444 Zomin[/caption] “Novosti Uzbekistana” nashrida Hoja Qahhor Vali yodgorlik majmuasi hamda uning tarkibidagi Holid ibn Volid masjidiga bag‘ishlangan maqola chop etildi. Materialda, jumladan, majmua hududida joylashgan ikki ming yillik tut daraxti haqida so‘z yuritildi. XV asrga oid yodgorlik majmuasi Jizzax viloyatidagi Zomin tumanining markazida joylashgan. Majmuaning umumiy maydoni 1 gektarni tashkil etadi. Tarixchi va arxeolog Rishat Bektashevning so‘zlariga qaraganda, zominliklar o‘z o‘tmishidan darak beruvchi yodgorliklarga katta e'tibor va hurmat bilan qarashadi. Jumladan, yuqorida nomi zikr etilgan yodgorlik majmuasi ham homiylar bilan bir qatorda, mahalliy aholi to‘plagan mablag‘lar hisobidan rekonstruksiya qilingan.
Top