17:19 / 02.05.2015
1803

Ashxobodda Yevropa Ittifoqiga gaz eksport qilish bo‘yicha to‘rt tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi

main_4501 Kun.uz: Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida Yevropa Ittifoqiga gaz eksport qilish bo‘yicha to‘rt tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, Turkmaniston, Ozarbayjon, Turkiya va Yevropa Ittifoqining energetik xavfsizlikni ta'minlashga qaratilgan amaliy mexanizmlarni yaratish masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotlar doirasida faol hamkorlikni davom ettirishga intilishlarini tasdiqlovchi deklaratsiya tasdiqlandi. Imzolangan hujjatda Turkmaniston tabiiy gaziga baho berish ko‘zda tutilgan. Tomonlar Turkmanistondan Yevropaga tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha korporatsiya tashkil etish masalalari bo‘yicha ishchi guruhni tuzishga kelishib oldilar. Uchrashuvda Turkmaniston prezidentining neft va gaz masalalari bo‘yicha yordamchisi Boymurod Xojimuxammedov, Turkiya Energetika va tabiiy zaxiralar vaziri Tonar Yildiz, Ozarbayjon Energetika vaziri Natig Aliyev va Yevrokomissiya vitse-prezidenti Marosh Shefchovich ishtirok etdi. Avvalroq Marosh Shefchovich Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov bilan muzokaralari natijasiga ko‘ra Turkmaniston televideniyesiga Yevropa 2019-2020 yillarda Kaspiybo‘yi mintaqasidan tabiiy gaz yetkazib berilishi boshlanishini istayotganini ma'lum qilgandi.

uy

Top