18:11 / 02.05.2015
2082

Boeing 787 Dreamliner samolyotlari dasturdagi nuqson tufayli boshqaruvni yo‘qotmoqda

Fabrika FormatovSnimok Kun.uz: Eng so‘nggi rusumdagi keng fyuzelyajli Boeing 787 Dreamliner samolyoti 248 kun uzluksiz ishidan keyin buzilishlarga bardosh berish rejimiga (texnik qurilmaning bir yoki bir nechta tarkibiy qismlarining buzilishidan keyin o‘z faoliyatini saqlab qolish xususiyati) o‘tib qolmoqda, deb xabar bermoqda The Independent nashri. Bu rejimga o‘tish maxsus dasturiy ta'minot xatosi natijasida Boeing 787 samolyotining boshqaruvni yo‘qotishiga olib keladi. Boeing kompaniyasi muammo faqatgina laboratoriya sharoitlarida kuzatilayotganini hamda barcha foydalanilayotgan samolyotlardagi dasturiy ta'minot qayta yuklanishi va ularda bunday buzilishga yo‘l qo‘yilmasligini ta'kidlamoqda. Biroq shunga qaramay, hozirda Boeing kompaniyasi Dreamliner uchun yangi dasturiy ta'minot yaratish ustida ish olib bormoqda. Ma'lumot uchun, bugungi kunda dunyoning turli aviakompaniyalari 250dan ortiq Boeing 787 Dreamliner samolyotidan foydalanib kelmoqda. xab-2
Top