18:07 / 02.05.2015
2005

Devid Bekxemning Instagram sahifasi 6 soatda 2 mlnga yaqin "follower" to‘pladi

9849840

Kun.uz: "Manchester Yunayted" va "Real Madrid" yarimhimoyachisi Devid Bekxem bugun, 2 may kuni 40 yoshga to‘ldi.

Shu munosabat bilan angliyalik futbolchi Instargam’da o‘z sahifasini ochdi va o‘zini tabriklagan barcha muxlislarga minnatdorchilik bildirdi.

Shuni ta'kidlash lozimki, futbolchining sahifasi 6 soatdan kamroq vaqt ichida deyarli 2 mlnga yaqin "follower" to‘pladi.

Ma'lumot uchun, Devid Bekxem o‘zining futbolchilik faoliyatini 2013 yil yozida "PSJ" tarkibida tugatgan edi.

#DB40

Foto opublikovano David Beckham (@davidbeckham)

Top