11:38 / 02.05.2015
1697

"Inter" Yaya Turega 4 yillik shartnoma taklif qildi

64980

Kun.uz: “Manchester Siti” yarimhimoyachisi Yaya Ture “Inter”ga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda Sport Mediaset xabar bermoqda.

“Inter” klubi vakillari futbolchining agenti Dmitriy Selyuk bilan aloqaga chiqqan va agent transfer imkoniyatlarini ijobiy baholagan.

Nashr bergan ma'lumotlarga ko‘ra, 31 yoshli yarimhimoyachi “Inter” bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi. Biroq futbolchi “shaharliklar” tarkibida oladigan 13 mln yevrodan kamroq maosh olishiga to‘g‘ri keladi.

Top