Karakas meri jarrohlik operatsiyasidan keyin uy qamog‘iga o‘tkazildi
Kun.uz: Venesuela poytaxti Karakas shahrining sobiq meri Antonio Ledesma shifoxonadan chiqarilib, uy qamog‘iga jo‘natildi. Bu haqda Venezuela Al Dia xabar bermoqda.
Shifoxonada o‘tkazilgan jarrohlik amaliyoti orqali undagi churra olib tashlangan.
22 fevral kuni mamlakat prezidenti Nikolas Maduro merni hukumatga qarshi jinoiy guruhlar bilan til biriktirganlikda ayblagach, u darhol hibsga olingandi.
Aprel oyining sakkizinchi sanasida esa Venesuela prokuraturasi tomonidan ham u davlat to‘ntarishini amalga oshirishga harakat qilganlikda ayblagandi.
Hokim bu ayblovlarni inkor qilishda davom etmoqda.