14:40 / 02.05.2015
5870

Mirishkor tumanidagi yashirin sexlar fosh qilindi

Kun.uz: Aholiga sifatli va iste'mol standartlariga mos keladigan yog‘-moy mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda va bu boradagi qonunbuzarlik holatlariga esa chek qo‘yilmoqda. Jumladan, yashirin faoliyat bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni fosh etish uchun o‘tkazilgan tadbirda Mirishkor tumanida yashovchi fuqaro Botirbek Turdiyev (ism-familiya o‘zgartirilgan) uyida paxta chigitini qayta ishlash bilan shug‘ullanib kelayotgani aniqlandi. Uy ko‘zdan kechirilganda 1200 kg chigit, 1000 kg kunjara, 500 litr juvoz yog‘i va boshqa 4 mln 688 ming so‘mlik turli mahsulotlar topilgan. Shuningdek, uning qarindoshi Egamnazar Turdiyevning ham uyida qo‘lbola usulda chigitdan yog‘ ishlab chiqarayotgani aniqlangan. Tadbir davomida undan juvoz uskunasi, 50 litr paxta yog‘i, 200 kg chigit va 1 mln 934 ming so‘mlik boshqa tovar-moddiy boyliklari musodara qilingan. Sud qoidabuzarlarga tegishli tartibda jazo tayinlagan. xab-4
Top