21:37 / 02.05.2015
1731

Nepaldagi zilzila qurbonlari soni 7040 kishiga yetdi

892744b Kun.uz: Nepalda 25 aprel kuni sodir bo‘lgan zilzilada halok bo‘lganlar soni 7040 nafar kishini tashkil etmoqda. bu haqda CNN telekanali mamlakat Favqulodda vaziyatlar markaziga asoslangan holda xabar berdi.

Biroz oldinroq, qurbonlar soni 6624 nafarligi va endi vayronalar ostidan tirik odamlarni topishga umid qilinmayotgani xabar qilingandi. Qutqaruv amaliyotlarini o‘tkazayotgan markaz axborotida zilzila tufayli jabrlanganlar soni 14 398 nafarligi aytilgan. xab-4
Top