07:28 / 02.05.2015
2004

Ozarbayjonning "Semurg‘" jamoasi futbolchilari maosh olmayotgani uchun o‘yin paytida maydonga o‘tirib olishdi

Screenshot_7 Kun.uz: Ozarboyjon chempionatida qatnashuvchi "Semurg‘" jamoasi futbolchilari rahbariyatdan noroziligini antiqa yo‘l bilan ifodalashdi. 32-tur doirasida Boku shahrining "Inter" jamoasiga qarshi o‘yin boshlanishi bilanoq, ancha vaqtdan beri maosh olmagan futbolchilar o‘ynashni istamayotganlari ifodasi sifatida maydonga o‘tirib olishdi. Xuddi shu vaqt davomida zaxira futbolchilari ham o‘rindiqdan turib, yerga o‘tirishgan. Bu jamoa o‘yindan oldin maoshlari o‘yin kunigacha ham berilmasa, shunday ish qilishni rejalashtirishayotganini e'lon qilishgan edi. Futbolchilar maydonda o‘tirishgan vaqtda, raqib vakillari maydonning ikkinchi qismida bir-birlarga to‘p uzatib, raqib tomonga o‘tmagan holda o‘ynashgan. xab-
Top