09:53 / 02.05.2015
2209

Qozog‘istonlik yosh futbolchilar "Bavariya" jamoasi bazasiga tashrif uyushtirishadi

Screenshot_3 Kun.uz: Qozog‘istonning Olma-Ota shahrida bolalar futboli bo‘yicha "Orzu bilan uchrashuv" nomli turnir boshlandi. Bu haqda "MIR 24" telekanali xabar bergan. "Mamlakatning turli hududlaridan yig‘ilgan 19 jamoa bosh sovrin uchun kurash olib borishadi. G‘oliblar Germaniyaning Myunxen shahriga sayohat uyushtirishib, "Bavariya" jamoasi bazasi va Allianz Arena maydoniga borishadi. Ular bu yerda nemislar jamoasining mashhur yulduzlari, Robben, Noyyer va Myuller kabi futbochilar bilan uchrashib, ulardan futbol saboqlarini olishadi. Bolalar o‘z kumirlaridan avtograf olishlari hamda birga futbol o‘ynashlari ham mumkin bo‘ladi. Shuningdek, jamoa muzeyi bilan tanishuv, futbolchilar bilan fotosessiya o‘tkazish va mashg‘ulotlarni tomosha qilish rejalashtirilgan", deydi tadbir tashkilotchilaridan biri, "Juldiz" jamg‘armasi asoschisi Juldiz Omarbekova. "Mashhur futbolchilar ham futbol payti xuddi bolalardek zavqlanib o‘ynashadi, faqat ular biroz kattaroq" deb qo‘shimcha qiladi u. xab-
Top