12:29 / 02.05.2015
1697

Rafael Varan Pogbaning yo‘qligi "Yuventus"ga o‘yiniga ta'sir qilishini ta'kidladi

04984980

Kun.uz: “Real Madrid” himoyachisi Rafael Varan “Yuventus”ga qarshi kechadigan uchrashuvda “turinliklar”ga jarohatlangan Pol Pogbaning o‘rni bilinishini ta'kidladi.

“Pogba – ajoyib futbolchi, “Real”ga qarshi kechadigan uchrashuvda “Yuventus”ga uning o‘rni bilinadi. Men Polga qarshi o‘ynashni istayman. Chempionlar ligasining yarim finali yuqori bosqich hisoblanadi. Bizga oson bo‘lmaydi, biroq “Real” final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun bor imkoniyatidan foydalanadi”, – dedi Varan.

Ma'lumot uchun, “Yuventus” hamda “Real” o‘rtasidagi birinchi uchrashuv “turinliklar” maydonida 5 may kuni, Madriddagi uchrashuv esa 13 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Top