8208.04 USD +26.96

9490.14 EUR +63.08

123.85 RUB +1.12

10796.9 GBP +61.65

19:06 / 02.05.2015 5594

Stiv Jobsdan aqliy sirlar

Stiv Jobsning fikriga ko'ra boshqa odamlar ko'ra olmagan, sezmagan narsalarni ko'rish va his etish bu alohida qobiliyat hisoblanadi. Bugun siz bilan Stiv Jobsning ana shunday alohida iste`dod sirlari haqida suhbatlashamiz.

Yaqindagina qahramonimiz haqida hikoya qiluvchi "Becoming Steve Jobs" nomli kitob nashrdan chiqdi. Unda mualliflar Jobsning hayoti haqida eng yangi va noan`anaviy ma`lumotlarni keltirishgan. Ular orasida hatto hech qayerda tilga olinmaganlari ham bor. 

Ular orasida kishi e`tiborini tortgani Tim Kukning Jobsga o'z buyragini berish taklifiga rad javobini olgani bo'ldi. Jobs hech qachon bu taklifni qabul qilmasligini takror va takror bildirgan. Ko'pchilik bunga sabab qilib Jobs buddizm diniga e`tiqod qilishi va ushbu dinda insonning biror a`zosini ko'chirib o'tkazish gunohligini ko'rsatishdi. Biroz vaqtdan so'ng, Stiv Tim Kukning taklifiga rozi bo'ldi va operatsiya qilindi.

Hozirgacha nega Stiv Jobs bu taklifga nega rad javob berganining asl sababini hech kim bilmaydi. Zero Jobs tez-tez ruhiy zarbalarni yengish va  fikrlash qobiliyatini ravshanlashtirish borasida tibbiy tavsiyalar bilan shug'ullanib turadi.

Biograf Uolter Ayzekson Jobs haqida shunday deydi: 

"Agar faqat jim turib, kuzatib tursang, sening fikrlaring mutlaqo chegarasiz ekanligini ko'rasan. Agar uni to'xtatishga urinsang oqibati yomon bo'ladi. Umuman olganda fikrlar va o'ylar vaqti kelib o'z holiga tinchlanadi, zero sen uni jilovlashni  o'rganasan. Bu paytda esa sening his-tuyg'ularing o'zgaradi va atrofga boshqacha nazar bilan qaray boshlaysan".

Jobs uzoq yillar davomida buddist va taoistlar amallarini tibbiy ko'rinishda tasvirlashga harakat qilgan. U meditatsiya jarayonini shunchalar ommalashtirib yubordiki, hatto eng mashhur "Target", "Google" va "Ford" kabi kompaniyalar ham o'z hamkorlarini bu yo'nalishdagi ta`lim olishni asosiy o'ringa qo'ydi.

Inc.com sayti jurnalisti va muharriri Jyeffri Jyeyms Ctiv Jobs bilan uning o'limiga qadar bu mavzuda suhbatlashgan. Uning so'zlariga ko'ra Jobs quyidagi qoidalarni doimo ta`kidlagan: 

  • Ko'proq tinch va sokin, ochiq havoli joylarda bo'lishga – harakat qiling. Boshingizga yostiq oling va o'zingizga qulay maskan yarating. Toza havodan to'yib-to'yib nafas oling.
  • Ko'zingizni yuming va ichingizdan chiqayotgan so'zlarni bir zum tinglang. Miyangiz bir-biriga aloqasi bo'lmagan har qanday holatlarni bir-bir tahlil qila boshlaydi. Televizorda tomosha qilgan ko'rsatuvlaringiz, o'qigan kitoblaringiz, do'stlar, bo'lib o'tgan voqea-hodisalar. Barchasi o'z-o'zi bilan gaplasha boshlaydi. Ularga halaqit bermang.
  • Xayollar yangi hayollar ko'chasiga boshlaydi… Shunday ekan, har kuni 5 daqiqa vaqtingizni aynan mana shunday "hayol monologi"ga bag'ishlang.

Ishoning, ma`lum bir vaqt o'tgach, xayollaringizni qo'lga olasiz, qarabsizki, ichki monologlar siz istagandek bo'ladi.

  • Endi siz bir-biriga aloqador bo'lmagan xayollaringizni tinchlantirib, ularni tarqtish kuchiga egasiz.
  • Hayollarga erk berib, atrofdagi tovushlar, iforlarga e`tiborli bo'lasiz. Hattoki teringizga tekkan shabadani sezasiz, muzlatkich tovushini ham eshitasiz. Demak siz to'g'ri yo'ldasiz.
  • Harakatlaringiz to'g'ri ekanligiga ishonch hosil qilganingiz, meditatsiyaning ish berganidan dalolat.

"Men bu yerda meditatsiya jarayoni va uning natijalari haqida so'z yuritdim, darhaqiqat uning foydasi bor. Ammo biroz fursatdan so'ng, men bu qoidalarni bajarishni to'xtadim. Qarabsizki, bir hafta o'tar o'tmas, yana eski holatga tushib qoldim.  Meditatsiya qoidalariga amal qilmay qo'yganim katta xatoim bo'ldi. Ammo bu xato meni bu jarayonni yana boshidan boshlashimga turtki berdi. Axir Jobs ham aynan mana shu – qayta boshlash jarayonini ommalashtirgan edi".

Teglar

Top