16:32 / 02.05.2015
2052

Tayson o‘zi bilan selfi tushmoqchi bo‘lgan muxlisni xafa qildi

9849840

Kun.uz: Boks bo‘yicha mutlaq jahon chempioni Mayk Tayson o‘zi bilan suratga tushmoqchi bo‘lgan muxlisni tirsagi bilan turtdi.

Voqea Floyd Meyvezer hamda Menni Pakyaoning vazn o‘lchash jarayonida yuz berdi. Muxlis marosimni kuzatayotgan Taysonning ortidan kelib, yelkasiga qo‘lini qo‘ydi va selfi tushmoqchi bo‘ldi. Biroq bokschiga bu yoqmadi va Mayk muxlisni tirsagi bilan turtib, suratga tushishga yo‘l qo‘ymadi.

Ma'lumot uchun, vazn o‘lchash jarayonida Meyvezer 66,22 kg, Pakyao esa 65,77 kg vaznga ega ekani ma'lum bo‘lgan.

Top