17:16 / 02.05.2015
22894

Yaponiya haqidagi “qaynoq” 9 fakt

“Kun chiqar mamlakat” nomi bilan Yaponiya o‘ziga xos madaniyati, betakror tili, mehnatkash aholisi bilan nom qozongan. Uning o‘ziga xosligi shundan iboratki, asrlar o‘tishiga qaramasdan o‘zining ko‘p yillik an'analarini saqlab kelmoqda, shu bilan birga zamonaviy ilm-fan rivojiga ulkan hissa qo‘shyapti. Quyidagi Yaponiya haqidagi maqolada u haqida siz bilmagan ma'lumotlar bilan o‘rtoqlashamiz.

1. Yaponiya paydo bo‘lganidan to hozirgi kunga qadar imperator avlodlari tomonidan boshqarib kelinadigan yagona mamlakatdir. Yapon sulolasida mamlakat mavjudligi davri mobaynida umuman uzilish bo‘lmagan. U miloddan avvalgi 711 yildan beri mavjud.

2. Yaponiyada shunday shaharlar bor-ki, qish paytlarida sovuq va qor yog‘adi, biroq bunda ko‘chalardagi yo‘lkalar isitiladi, biroq shaharda istiqomat qiluvchilarning uylari istilmaydi. Natijada mazkur shaharda yashovchi har bir inson o‘z uyini o‘zi isitishga majbur bo‘ladi.

3. Hajm jihatidan kichik bo‘lishiga qaramay, ko‘plab eng-eng degan nomga sazovor bo‘lgan narsalar mavjud. Misol uchun, mamlakatda Disneyning eng qimmat bog‘ attraksionlari va eng baland amerikacha tog‘lar, shuningdek bu yerda eng yirik yo‘lovchilar o‘tish joyi, dunyodagi eng katta va jahon standartlari bo‘yicha eng rivojlangan metropoliten tizimi majud.

4. Yaponiyada ayollar uchungina mo‘ljallangan metro vagonlari mavjud.

5. Mamlakatda chekuvchi insonlarga nisbatan oddiy qaraladi. Bu yerda aeroport va temiryo‘l platformalaridan tashqari hamma yerda chekish mumkin.

6. Yapon tilidagi asosiy iyerogliflar bir vaqtning o‘zida  ikkitadan to‘rttagacha bo‘lgan bo‘g‘indan iborat bo‘ladi, biroq o‘n uchta bo‘g‘indan iborat yagona "xanetokavatogaxanareruoto" iyeroglifi ham bor. U suyakdan ajralayotgan tanadan kelayotgan ovozni tasvirlaydi.

7. Muloyimlik bo‘yicha Yaponiyadagi til to‘rtta darajaga bo‘linadi. Boshlang‘ich – so‘zlashuv tili, keyin hurmat, keyin muloyim, undan keyin esa to‘rtinchi daraja o‘ta muloyim til keladi. Ko‘pincha erkaklar tilning suhbat shaklidan foydalanadilar, ayollar esa muloyim shaklini qo‘llaydilar.

8. Yaponiya aholisi delfinlarni iste'mol qiladilar. Ularning fikriga ko‘ra, u mazaliroq bo‘lib, baliq go‘shtiga o‘xshamaydi. Undan sho‘rva pishiriladi, kusiyaki kabobini tayyorlaydilar yoki xomligicha ham iste'mol qilaveradilar.

9. Fudzi tog‘lari Xongyu Sengen deb nomlangan sintoizm ibodatxonasiga tegishli. Mazkur joy 1609 yilda uning mulkiga aylangan, aslida ibodatxonada o‘sha ko‘p yillik in'om kelishuvini saqlaydilar, uning qonuniyligi 1974 yilda sud tomonidan tasdiqlangan.

Nima deysiz, Yaponiya mamlakati yana biz bilmagan qancha tilsimlarga ega ekan-a?

Top