11:11 / 03.05.2015
1960

AQSh Yamanda BMT boshchiligida muzokaralar o‘tkazishni yoqlab chiqmoqda

1005796721 Kun.uz: AQSh Yamandagi harbiy to‘qnashuvlarni tezlik bilan tugatish va BMT boshchiligida barcha tomonlar ishtirokida muzokaralar o‘tkazish lozimligini yoqlab chiqmoqda, deb aytilmoqda Oq uy bergan bayonotda. Yaman muammosini hal qilish muammosini AQSh prezidentining ichki xavfsizlik va terrorchilikka qarshi kurash bo‘yicha yordamchisi Liza Monako va BMTning Yaman bo‘yicha maxsus elchisi Ismoil ul-Shayx Ahmad muhokama qilishdi. “Liza Monako AQSh Yamandagi harbiy to‘qnashuvlardan BMT boshchiligidagi yalpi muzokaralarga zudlik bilan o‘tishning muhimligini ta'kidlab o‘tdi hamda Ismoil ul-Shayx Ahmadning barcha urinishlarini qo‘llab-quvvatlashni taklif qildi”, deyilmoqda xabarda. Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab davlatlari koalitsiyasi 26 martdan 21 aprelgacha Yaman prezidentini hukumatdan chetlashtirgan “Ansor Alloh” isyonchi shia guruhiga (husiychilarga) qarshi operatsiya o‘tkazib keldi. Operatsiya tugagani e'lon qliingandan keyin ham koalitsiya husiychilarga zarba berishni davom ettirmoqda, natijada tinch aholi vakillari jabr ko‘rmoqda. AQSh operatsiyada ochiqchasiga ishtirok etmasada, biroq axborot ko‘magi berib kelmoqda. Biroq oxirgi vaqtda Vashington Yamanda tinchlik muzokaralarini boshlash lozimligiga borgan sari faolroq undamoqda. “AQSh Yamanning barcha jamoatchiligi mamlakatni tinchlik bilan boshqarishda muhim rol o‘ynashlari kerakligiga qat'iy ishonmoqda”, deb aytilmoqda bayonotda. Prezident yordamchisi yalpi siyosiy o‘tish jarayoni Yamanga o‘z kuchlarini Arabiston yarimorolida “Al-Qoida” terrorchilik guruhi bilan kurashga qaratishiga imkon berishini ta'kidlab o‘tdi. Bundan tashqari, tomonlar mamlakatdagi gumanitar vaziyatni muhokama qildilar, Monako “AQSh muhtojlarga oziq-ovqat va dori-darmonlar hech qanday to‘siqlarsiz yetkazib berilishini qo‘llab-quvvatlashini” ta'kidlab o‘tdi. BMTning Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining ma'lumotlariga ko‘ra, to‘qnashuvlar avj olgan vaqt – 19 martdan beri Yamanda 1,2 mingdan ko‘proq odam halok bo‘lgan va 5 mingdan ziyodrog‘i yaralangan. xab-4
Top