11:24 / 03.05.2015
2310

Balet raqqosasi Mayya Plisetskaya vafot etdi

1033649385 Kun.uz: 2 may kuni mashhur balet raqqosasi Mayya Plisetskaya 89 yoshida yurak xurujidan vafot etdi. Bolshoy teatr bosh direktori Vladimir Urin bergan ma'lumotlarga ko‘ra, Plisetskaya Germaniyada jon bergan. Plisetskaya kino va televideniyeda ko‘p suratga tushgan. Plisetskaya yaratgan obrazlar “Rus baleti ustalari” (1953) kinofilm-konsertida, “Oqqush qo‘li” (1957), “Bukri ot haqida ertak” (1961), “Anna Karenina” (1975) kinofilm-baletlarida, “Xovanshchina” (1959) kinofilm-operasida, “Karmen”ning kino- va teleekranizatsiyalarida (1969, 1978), “Bolero” va “Aysedora” (“Raqs poeziyasi” 1977), “Chayka” (1982), “Kuchukli xonim” (1986) baletlarining teleekranitsaziyalarida muhrlanib qolgan. Plisetskaya dramatik aktrisa sifatida ham ko‘plab rollar ijro etgan: Aleksandr Zarxining “Anna Karenina”sida (1968, Betsi Tverskaya knyaginyasi roli), Igor Talankinning “Chaykovskiy”sida (1970, qo‘shiqchi Dezire roli), Ivan Turgenev qissasi bo‘yicha olingan Anatoliy Efrosning "Fantaziya" televizion filmida, "Tashqi suvlar " (1976, Polozova roli), Ionas Vaytkusning “Zodiak”ida (1985, rassom Mikaloyus Chyurlenisning ilhom parisi roli). xab-4
Top