09:58 / 03.05.2015
1946

Floyd Meyvezer "Asr jangi"da ochkolar ustunligi evaziga Menni Pakyaoni mag‘lub etdi

CEDeg0bVEAEnM5d.jpg large Kun.uz: AQShning Las-Vegas shahridagi “MGM Grand” arenasida yarim o‘rta vazn toifasi WBC, WBA va WBO yo‘nalishlari chempionlik kamari uchun zamonamizning ikki buyuk jangchisi – Floyd Meyvezer va Menni Pakyao o‘rtasida "Asr jangi" o‘tkazildi. 12 raund davom etgan jang davomida filippinlik bokschi hujum qildi. Floyd Meyvezer esa asosan qarshi hujumda harakat qildi. Lekin, bellashuv yakunida hakamlar AQSh vakilini g‘olib deb e'lon qilishdi. Ular Meyvezer 118-110, 116-112, 116-112 hisoblarida g‘alaba qilganini ma'lum qilishdi. Shu tariqa Floyd Meyvezer professional ringda bir marta ham yutqazmagan buyuk bokschi sifatida faoliyatini yakunlash imkoniga ega bo‘ldi. Pakyao esa bungacha 5 marta mag‘lubiyatli jang o‘tkazgan, bunisi oltinchisi bo‘ldi. Screenshot_3 CEDfLoNWAAANwRl Screenshot_6 Screenshot_7 33 xab-
Top