14:02 / 03.05.2015
1714

Floyd Meyvezer o‘zining barcha kamarlaridan voz kechishini ma'lum qildi

Screenshot_9 Kun.uz: Amerikalik bokschi Floyd Meyvezer Menni Pakyao bilan o‘tkazilgan jangidan keyin bergan intervyusi vaqtida o‘zi qo‘lga kiritgan kamarlardan voz kechmoqchiligi haqida ma'lum qildi. Uning aytishicha, 4 may kuni u WBC, WBA va WBO yo‘nalishlari bo‘yicha chempionlik kamarlaridan voz kechadi. 3 may kuni AQShning Las-Vegas shahridagi “MGM Grand” arenasida yarim o‘rta vazn toifasi WBC, WBA va WBO yo‘nalishlari chempionlik kamari uchun zamonamizning ikki buyuk jangchisi – Floyd Meyvezer va Menni Pakyao o‘rtasida “Asr jangi” o‘tkazildi. Jang yakunida hakamlar AQSh vakili Meyvezer 118-110, 116-112, 116-112 hisoblarida g‘alaba qilganini ma'lum qilishdi. "Boshqalardan farqli ravishda men ochko‘z emasman", deya bu qarorini izohdaydi bokschi. xab-
Top