16:08 / 03.05.2015
1902

Hindiston bosh vaziri iyulda O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Modi1-600x400 Kun.uz: Hindiston bosh vaziri Narendra Modi 2015 yilning iyulida O‘zbekistonga tashrif buyuradi, deb xabar bermoqda Hindiston OAVlari. The Indian Express nashrining ma'lumotlariga ko‘ra, Modi O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida bandlik markazining ochilishida ishtirok etadi. Tashrif sanasi aytilmayapti, biroq OAVlar ma'lumotlariga ko‘ra Modi 7 iyulda Qozog‘istonga, 11 iyulda Turkmanistonga boradi. Bandlik markazi Hindiston tadbirkorlik instituti (Entrepreneurship Development Institute of India , EDI) tashabbusi bilan tashkil etilmoqda. Markaz Hindiston tadbirkorlik institutining Markaziy Osiyodagi ilk markazi bo‘ladi. Bunday markazlar hozirda Laos, Kamboja, Vetnam va Myanmada muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Markazlarda yangi korxonalar tashkil etish hamda biznes yuritish uchun yangi imkoniyatlarni aniqlash dasturlari bo‘yicha ta'lim beriladi. O‘zbekistonda bunday ilk markaz Toshkentda, keyin esa Samarqand, Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlarida ham ochiladi. xab-1
Top