11:34 / 03.05.2015
1968

IShID jangarilari Iroq shimolida 300 nafar asirga olingan yazidni qatl qildi

1024162257 Kun.uz: IShID terrorchilik guruhi jangarilari Iroq shimolida asirga olingan 300 nafar yazidni qatl etdi. Bu haqda yazidlar partiyasiga iqtibos keltirgan holda BBC telekanali xabar berdi. Iroqdagi yazidlar partiyasi Mosul shahridan shimolda joylashgan Tall-Afar shahri yaqinida yazid elatiga mansub 300 asir qatl etilganini ma'lum qildi. Avvalroq Iroq politsiyasi va xavfsizlik sohasidagi manbalar IShID jangarilari tomonidan ushbu hududda 50 kishi qatl etilganini ma'lum qilgandi. Jangarilar tomonidan asirga olingan bu odamlar boshlariga o‘q uzish orqali o‘ldirilgan. Yazidlar Iroqning shimolida va Yevropada yashovchi kurd elatiga mansub guruh bo‘lib, turli manbalarga ko‘ra, dunyoda jami 2 millionga yaqin yazid yashaydi. IShID jangarilari bu elatning vakillarini “kofirlar” deb hisoblaydi. Yazidlar bergan ma'lumotlarga ko‘ra, IShID asirligida 3 mingga yaqin yazid qolayotgan bo‘lib, ulardan ko‘pchiligini ayollar tashkil qiladi. 2015 yilning aprelida jangarilar 200 dan ortiq keksa yoshdagi va bemor yazidlarni asirlikdan qo‘yib yuborgan. xab-1
Top