Kerjakov Miyatovich uni «Real»ga “chaqirayotgani” haqida aytdi
Kun.uz: Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi hujumchisi Aleksandr Kerjakov instagramida “Real” klubining sobiq hujumchisi va sobiq sport direktori Predrag Miyatovich bilan birga tushgan suratini chop etib, hazillashib, surat ostiga Miyatovich u bilan muzokaralar o‘tkazish uchun kelganini yozib qo‘ydi.
“Predrag Miyatovich men bilan muzokaralar o‘tkazish uchun keldi. U meni “Real Madrid”ga chaqirmoqda. Nima deb o‘ylaysiz, rozi bo‘lsammikan?”, deb hazilomuz tarzda ushbu suratga sharh berib o‘tdi Kerjakov.